Qozog‘istonlik harbiylar Golan tepaliklarida tinchlikparvar missiyasini boshladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 15:14
Golan tepaliklarida qozoq tinchlikparvar kuchlari kundalik faoliyatini boshladi, deya xabar bermoqda Kazinform mamlakat Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

Qurolli kuchlar harbiy xizmatchilari Qozog‘iston hududidan Suriya poytaxti Damashqqa uchib, u yerdan avtomashinalarda Fauar tinchlikparvar bazasiga yetib borgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bazaga qarama-qarshi tomonlar o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan harbiy texnika va mol-mulk ham yetkazilgan. Qozog‘iston otryadi 139 nafar harbiy xizmatchidan iborat.

Milliy kontingentning shaxsiy tarkibi joylashish, “Ajratish ustidan nazorat bo‘yicha BMT kuchlari” missiyasiga qo‘mondonlik qiluvchidan ishlarni qabul qilib olish hamda zaxiradagi rota vazifalarini aniqlashtirib olish bilan band

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi tinchlikparvar missiyalarda ishtirok etish harbiy xizmatchilarning jangovar mahoratini oshirishga yordam beradigan tayyorgarlikning muhim tarkibiy qismi ekanligini ta’kidladi.

“Ushbu missiyaning o‘ziga xos jihati uning mustaqilligidir. Avvallari tinchlikparvar kontingentimiz boshqa davlatlar bo‘linmalari tarkibida xizmat qilgan. Bo‘linma biriktirilgan hududda patrullik qilish, blokpostlar tashkil etish, tinchlikparvar bazalarni qo‘riqlash va tinchlik kelishuvlariga amal qilinishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan zirhli g‘ildirakli mashinalar, «KamAZ»lar, mikroavtobus va yo‘ltanlamaslar bilan jihozlangan”, - deya xabar qildi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Qozog‘iston Golan tepaliklariga tinchlikparvar missiya yuborishi to‘g‘risida 19 yanvarda rasman ma’lum bo‘lgan edi. Keyin prezident Qosim-Jomart Toqayev parlament palatalarining qo‘shma majlisida Qozog‘iston tinchlikparvar kuchlarini Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga yuborish taklifini deputatlar ko‘rib chiqish uchun kiritdi.
Avvalroq Qozog‘iston mudofaa vaziri Ruslan Jaqsiliqov qozog‘istonlik harbiy xizmatchilar Yaqin Sharq va Afrikaga jang qilish uchun bormayotganini aytdi.
"Tinchlikni saqlash funksiya va vazifalarini bajarayotganda armiya jang qilishni o‘rganmaydi. Biz, birinchi navbatda, jahon tajribasini o‘rganishni o‘z oldimizga vazifa qilib qo‘ydik. Asosiy vazifa - tinchlikparvar missiyalarni bajarish, urushayotgan tomonlarni ajratish va boshqalar. Bu urush emas, bu jangovar harakatlar emas”, - dedi Jaqsiliqov avvalroq majlisda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati