O‘tgan yili 18 868 nafar iste’molchining huquqlari buzilganligi aniqlangan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 15:10
O‘tgan yili 18 868 nafar iste’molchining huquqlari buzilganligi aniqlangan va ular foydasiga 20,68 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘ qayta hisob-kitob qilingan.

AOKAda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2023 yildagi faoliyati yakunlari va 2024 yildagi ustuvor vazifalari tahlili yuzasidan ma’lumot berildi:

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 397 nomdagi mahsulotning nazorat xaridi amalga oshirilib (“Sifat nazorati” teleko‘rsatuvi bilan hamkorlikda), ularning ekspertizadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, 26 nomdagi mahsulotlar normativ-texnik hujjatlar talablariga javob bermasligi aniqlangan.

O‘tgan davrda Iste’molchilar huquqlari buzilishi holatlari bo‘yicha jami 20 691 ta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarning 7 049 tasi (34 foiz) uy-joy kommunal, transport xizmatlari, 8 534 tasi (42,2 foiz) savdo va umumiy ovqatlanish, 4 344 tasi (21 foiz) aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 764 tasi (3,6 foiz) reklama munosabatlari masalalariga to‘g‘ri keladi.

Raqobat qo‘mitasining markaziy apparati tomonidan 2023 yilda 182 ta tovar va xizmatlar bozorlari tahlil qilindi. Shundan, 32 ta bozor bo‘yicha to‘liq tahlil va mahsulot bilan to‘yinganligi yuzasidan 150 ta ekspress tahlil o‘tkazildi.
To‘liq tahlil qilingan 32 ta tovar va moliya bozorlaridan 11 tasi bo‘yicha (12 ta korxonaning) ustun mavqei e’tirof etildi, 9 tasi bo‘yicha (9 ta korxona) ustun mavqeini yo‘qotgani, qolgan 12 ta bozorlarda raqobat yetarlicha rivojlanganligi ma’lum bo‘ldi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati