Negreyra suvdan quruq chiqib ketmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 15:06
Sobiq hakam Negreyra sudda guvohlik bermaslik huquqidan foydalangan.

Kecha ertalab La Liga hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Anrikes Negreyra Barselona tergov sudida ko‘rsatma berishi kerak edi.

Biroq u Alsgeymer kasalligi tufayli guvohlik bera olmasligini aytib, 20 daqiqadan so‘ng sudni tark etgan.

Negreyra avvalroq bu kasallikni tilga olgan edi, biroq tibbiy ko‘rik shuni ko‘rsatdiki, u sud jarayonida ishtirok etish uchun aqliy salohiyatini saqlab qolgan.

Avvalroq hakam ishni ko‘rib chiqishni keyingi olti oyga uzaytirish haqida qaror qabul qilgani xabar qilingandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati