Polsha prezidenti Rossiya 2026 yil NATOga hujum qilishi mumkinligini aytdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 15:00
Polsha prezidenti Anjey Duda Rossiya 2026 yildayoq NATOga hujum qilishi mumkinligini aytdi. U bu haqda CNBC’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Dudaning so‘zlariga ko‘ra, mazkur prognozni nemis mutaxassislari tomonidan tuzilgan hisobotlardan birida o‘qigan.

Polsha prezidentiga ko‘ra, G‘arb 2026 yilgacha Yevropa xavfsizligini maksimal darajada oshirishi, jumladan, o‘q-dorilar va qurol-yarog‘ zaxiralarini ko‘paytirishi kerak. U Rossiya va NATO o‘rtasida harbiy harakatlar boshlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shunday qilish kerakligini ta’kidladi.

2024 yil yanvarida NATO harbiy qo‘mitasi rahbari Rob Bauer alyans kuchlari yaqin yigirma yil ichida Rossiya bilan keng ko‘lamli urushga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytgandi. Shundan so‘ng bir qator Yevropa davlatlari Rossiyaning NATO davlatlariga hujum qilishini istisno qilmasliklarini aytdi.

Shu bilan birga, AQSh Milliy razvedkasining mart oyidagi hisobotida ta’kidlanishicha, Rossiya AQSh va NATOning boshqa davlatlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvni istamaydi. Mart oyida alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg NATO hozirda o‘z mamlakatlariga Rossiyadan tahdid ko‘rmayotganini aytgandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati