Buxoro: tomorqadan 3 martagacha hosil olinmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 14:50
Ekin yerini yashnatib, qishki mavsumda issiqxona barpo qilib, yilning to‘rt faslida barakali hosil olish qiyin va murakkab ish. Ammo buning imkoni bor va ko‘plab issiqxona xo‘jaliklarida bu tajriba sinovdan o‘tgan.

Chunonchi, Buxoro viloyati Olot tumanida yashovchi Sobir To‘xtayev tomonidan kech kuzda, plyonka ostida “to‘qsonbosti” usulida ekib yetishtirilgan karam, sarimsoqpiyoz va ismaloq bugunga kelib mahalla ahli dasturxonini bezamoqda.

Avval dugali sim tortib, kichik yerda ismaloq, sarimsoqpiyoz va ko‘katlar yetishtirgan xonadon sohibi endilikda dehqonchilik ishini biroz kengaytirib, 1,5 sotixli issiqxona faoliyatini rivojlantirmoqda.

Kuz fasli o‘rtalarida issiqxona ekin yerini obdon o‘g‘itlab, chuqur haydab, sug‘orib tayyorladik. Biroz dam berib ekishga kirishdik. Birinchi navbatda 80 tup sovuqqa chidamli karam ko‘chatini ekib, parvarishladik. Hozirda pishib yetilgan bu karamlarning bir donasi o‘rtacha 3 kilogramgacha “tosh” bosmoqda. Har donasini 10 ming so‘mdan sotyapmiz.,—deydi namunali tomorqachi Sobir To‘xtayev

Shu bilan birga, tomorqachi issiqxonasida ismaloq urug‘ini sepib, endilikda haftasiga 5 kilogrammdan yig‘ib olingan ismaloqdan mo‘may daromad topmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati