O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi ekologik tashabbuslarni harakatga keltiruvchi kuch

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 14:40
Belgiyaning "avrupapress.com" yangiliklar saytida "O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi ekologik tashabbuslarni harakatga keltiruvchi kuch" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ekologik muammolar bo‘yicha mustaqil ekspert, Markaziy Osiyo bo‘yicha tarixchi Derya Soysal qalamiga mansub nashrda ta’kidlanishicha, uchinchi ming yillikning boshida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini kuzatish ba’zi tashkilotlarni muammoni hal qilish yo‘llari haqida o‘ylashga va sa’y-harakatlarini davom ettirishga undamoqda. Ayni paytda ko‘plab davlatlar ushbu muammodan aziyat chekmoqda, xalqaro miqyosda qator tashabbuslar ilgari surilmoqda.

"Dubay shahrida o‘tgan BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida (COP28) O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan va Markaziy Osiyodagi ekologik muammolarga bag‘ishlangan rezolyusiya bir ovozdan qabul qilindi, – deyiladi maqolada. –Muzokaralar jarayonida ko‘plab mamlakatlardan ekspertlar ishtirok etdi va natijada yakuniy kelishuvga erishildi. O‘zbekistonning "Markaziy Osiyo uchun yashil kun tartibi" va 2024 yilda Xalqaro iqlim forumini tashkil etish kabi tashabbuslari ham e’tirofga loyiq".

Qayd etilishicha, BMT hujjatida O‘zbekiston Prezidentining daryolar oqimining kamayishi va qishloq xo‘jaligida hosildorlikning pasayishi kabi masalalar bo‘yicha zudlik bilan chora ko‘rish kerakligi da’vat etilgan hamda Markaziy Osiyodagi iqlim o‘zgarishlari ko‘lami qayd etilgan.

Muallifga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi ekologik ofatlar nafaqat iqlim o‘zgarishi, balki sobiq ittifoq davridagi intensiv iqtisodiy siyosat bilan ham bog‘liq. Amudaryo va Sirdaryodan paxta maydonlariga suv chiqarish kabi yirik irrigasiya tizimlari Orol dengizining halokatli darajada qisqarishiga olib keldi. 1960 yildan beri dengiz hajmi 70 foizga kamaydi, bu esa sho‘rlanish, zararli changning ko‘tarilishiga va atrof-muhitning buzilishiga olib keldi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Orol dengizi inqirozini hal etishning muhim ahamiyatini ta’kidlab, uning suv bilan ta’minlanishi va hosildorlikka yanada kengroq ta’sirini qayd etdi.

Nashrda O‘zbekistonning atrof-muhitni muhofaza qilishga sodiqligini quyosh, shamol va gidroenergetikaga katta sarmoya kiritib, 2030 yilga borib o‘z elektr energiyasi tarkibini 25 foiz qayta tiklanadigan energiyaga erishish maqsadi tasdiqlashi qayd etilgan.
Maqola xulosasida, "O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi va landshaftni barqaror boshqarishdan tortib energiya samaradorligi hamda chiqindilarni qayta ishlashgacha bo‘lgan faol chora-tadbirlari energiya ta’minoti, qurg‘oqchilik va suv resurslarining kamayishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga sodiqligini ko‘rsatadi. Mamlakatning ekologik xabardorlik va iqlim barqarorligiga asoslangan siyosati O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi ekologik muammolarga qarshi kurashda yetakchi mamlakatga aylantirmoqda", – deb yozgan Derya Soysal.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati