Toshkent viloyatida qator yer maydonlari davlat mulkiga o‘tkazildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 14:32
Toshkent, Piskent va O‘rta Chirchiq tumanlarida bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorlarni imzoladi.

Jumladan, Toshkent tumanida bo‘sh turgan va tegishli hujjatsiz foydalanilayotgan 74,73 gektar, Piskent tumanidagi 111,70 gektar hamda O‘rta Chirchiq tumanida zaxiraga qaytariladigan 93,74 gektar fermer va qishloq xo‘jaligi yerlari mavjudligi belgilandi.

Mazkur yer maydonlaridan kelgusida samarali foydalanish ko‘zda tutilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati