XMT: Noqonuniy majburiy mehnatdan olinadigan daromad yiliga 236 milliard dollarga yetdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 14:30
Xususiy sektorda majburiy mehnatdan olingan noqonuniy daromad 2014 yildan buyon dunyo miqyosida 37 foizga oshib, yiliga 236 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Xalqaro mehnat tashkiloti o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilgan.

Savdo bo‘yicha Yevropa komissari Valdis Dombrovskis 2022 yilda e’lon qilingan global hisob-kitoblarga ko‘ra, 28 million kishi majburiy mehnatga tortilgani, ulardan 12 millioni ayollar va qizlar, 3 milliondan ortig‘i bolalar ekanligini aytgan.

Majburiy mehnatdan olinadigan eng yuqori yillik noqonuniy daromad Yevropa va Markaziy Osiyoda qayd etilgan. Hisobotga ko‘ra, umumiy noqonuniy daromadning 73 foizi majburiy jinsiy ekspluatasiyadan keladi.

Sanoat majburiy mehnatdan 35 milliard dollar foyda oladi. Undan keyingi o‘rinlarda xizmat ko‘rsatish — 20,8 mlrd va qishloq xo‘jaligi — 5 mlrd. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021 yilda har kuni 27,6 million kishi majburiy mehnatga jalb qilingan. 5 yil ichida ularning soni 10 foizga oshgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati