Prezident e’tirof etgan Sayxunobod tajribasi qanday ishlaydi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 14:20
Joriy yilning 14 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Sayxunobod tumani “Ittifoq” mahallasida bo‘lib, tomorqa va uy xo‘jaliklari bilan tanishgandi. Davlat rahbari Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi yig‘ilishda Sayxunobodda yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgan yangi tajribani butun respublika bo‘ylab qo‘llashning ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tgan edi. Xo‘sh, Sayxunobod tajribasi qanday vazifa va maqsadlarni o‘z ichiga qamrab oladi?

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining ma’lum qilishicha, Sayxunobodda 19 ta mahallaning har biriga 1 tadan mini traktor, 4 tadan motokultivator olib berilgan. Endilikda har bir mahalladagi hokim yordamchisi “1 sotix tomorqadan kamida 1-2 million so‘m daromad” degan mezon asosida aholi uchun biznes reja ishlab chiqadi. Mahalladagi agronomlar bilan birga olib berilgan texnikalar hisobidan tomorqa yerlarini haydash va ekin ekish xizmatlarini ko‘rsatadi.

Shuningdek, tumanda eksportga ko‘maklashuvchi korxona ochilib, ustaviga 1 mlrd so‘m kiritiladi. Bu korxona 4 ming xonadonga serhosil qovoq, mosh, loviya, rozmarin, brokkoli, timyan urug‘ini yetkazadi, yetishtirilgan mahsulotni sotib olib, eksport qiladi.

Bundan tashqari, mahallada sotib olishni yo‘lga qo‘ygan eksportchi, ilg‘or tadbirkorlarga 300 million so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha grant beriladi. Xonadonlar kooperasiya asosida eksportchi bilan bog‘lab beriladi, 2 ming tonnalik saqlash, saralash va qayta ishlash kompleksi tashkil etiladi. Tumandagi 98 kilometr kanallar va drenaj tarmoqlari atrofidagi 100 gektar bo‘sh yerlar kooperasiya asosida 500 ta xonadonga terak ekish uchun bo‘lib beriladi.

Sayxunobod tajribasi yerdan yanada samarali foydalanish, dehqonlar uchun bozor topishga ko‘maklashish, tadbirkorlarni sifatli urug‘ va dori vositalari bilan ta’minlash, tadbirkorlarning eksportiga amaliy yordam berish, yer munosabatlarini shakllantirish kabi muhim islohotlarni o‘z ichiga oladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati