O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro suv iste’molini onlayn kuzatib boradi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 14:12
Ayni jarayonda Qozog‘iston O‘zbekiston hududiga, O‘zbekiston esa Qozog‘iston hududiga shunday hisoblagich o‘rnatadi. Endi tomonlar onlayn rejimda ma’lumot almashadi, to‘plangan ma’lumotni ikki davlat ham kuzatib borish imkoni yaratiladi.

E’tiborli jihati, mazkur kelishuv geografiya jihatidan daryolar manbasiga kirish imkoni kam bo‘lgan mamlakatlarimiz manfaati uchun muhim. Ayni payt ikkala mamlakat mutaxassislari uskunalar qayerga qo‘yilishini hal qilishyapti. Ushbu loyihaga jalb qilish uchun xalqaro tashkilotlar bilan ham muzokara olib borilmoqda.

– Hisoblagich o‘rnatish har ikki mamlakat tomonidan iste’mol qilinadigan suv hajmini onlayn kuzatish imkonini beradi, – deydi Qozog‘iston suv resurslari va irrigasiya vaziri Nurjon Nurjigitov. – Aprel oyida boshqa qo‘shni davlatlar bilan ham shunga o‘xshash loyihani amalga oshirish bo‘yicha muzokara boshlashni rejalashtirdik.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati