Qo‘qon aeroporti 1 apreldan muntazam reyslarni qabul qiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 14:08
Qo‘qon aeroporti birinchi texnik reysni qabul qildi. Muntazam parvozlarni 1 apreldan boshlash rejalashtirilgan, deya xabar berdi "Uzbekistan Airways".

Bugun aviakompaniyaning A320 NEO samolyoti ekipaji Qo‘qon aeroportiga qo‘ndi.

“Aeroportda uchish-qo‘nish yo‘lagi 2000 metrgacha uzaytirildi hamda A320 va ATR72-600 rusumli samolyotlar uchun ikkita to‘xtash joyiga ega perron rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, aeroportda 100 kishiga mo‘ljallangan 900 kv.m maydonli yangi yo‘lovchi terminali qurildi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining tajribali uchuvchilari tomonidan Toshkent – Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan texnik parvoz aerodromning samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishga hamda terminalning yo‘lovchilarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatishga to‘liq tayyorligini ko‘rsatdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati