Tramp 550 million dollardan ortiq jarima pulini to‘lay olmasligini ma’lum qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 14:06
AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning advokatlari uning firibgarlik ishi bo‘yicha sud tomonidan qo‘yilgan jarimani qoplash uchun 550 million dollardan ortiq garov pulini to‘lay olmasligini aytdi, deya Euronews xabar berdi.

Tegishli bayonot 18 mart kuni Nyu-York sudida qabul qilingan. Unda aytilishicha, jarimani to‘lashning hozirda iloji yo‘q. Tramp jarima haqidagi qaror ustidan shikoyat qilmoqchi. Ammo sud apellyasiyani ko‘rib chiqishi uchun Tramp ushbu jarimaning 120 foizi va kuniga 112 000 dollar miqdorida jarima to‘lashi lozim.

O‘tgan yili Tramp 400 million dollardan ortiq naqd puli borligini da’vo qilgan edi. Sobiq rahbarning advokatlari 30 ta anderrayting firmasining (foizli kredit beruvchi kompaniyalar) rad javobiga ishora qilib, garov miqdorini yarim milliard dollardan 100 million dollargacha kamaytirishni so‘ragan.

Tramplarga qarshi firibgarlik ishi

Shu yilning fevral oyida Nyu-York sudyasi Artur Engoron prokuror Letisia Jeymsning Tramp va uning o‘g‘illari kichik Donald va Erik Trampga qarshi da’vosini qanoatlantirgan edi.

Tergov ular uzoq yillar davomida banklar va sug‘urtachilarni aldab kelishganini isbotlagan. Tramplar moliyaviy hisobotlarda o‘z boyliklarini sezilarli darajada oshirib ko‘rsatgan va shu tariqa kreditlar olib, o‘zlari uchun qulayroq shartlarda bitimlar tuzgan.
Sud Donald Trampga 355 million dollar jarima solgan. Shuningdek, unga uch yil davomida Nyu-York korporasiyalari va korxonalarida lavozimlarni egallash va shtatdagi har qanday moliya institutidan kredit olish uchun ariza topshirish taqiqlangan. O‘g‘illari to‘rt million dollar jarimaga tortilgan.
Mulkni musodara qilish istiqbollari
Demokratik partiya a’zosi Letisia Jeyms, agar Tramp kerakli miqdorda mablag‘ kiritmasa, u aktivlarining bir qismini tortib olishga harakat qilishini aytgan. Advokatlarning xabar berishicha, apellyasiyani ko‘rib chiqish uchun talab qilinadigan garov miqdori allaqachon 557,5 million dollarni tashkil etadi.
Tramp milliard dollar boylikka ega ekanligini da’vo qilishiga qaramay, uning aktivlari osmono‘par binolar, golf maydonlari va boshqa ko‘chmas mulklardir.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati