Sobiq hakam Bellingemning diskvalifikasiyasiga munosabat bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 14:00
Eduardo Iturralde Gonsales Jud Bellingemning diskvalifikasiyasi haqida gapirdi.

"Real Madrid" yarim himoyachisi "Valensiya"ga qarshi o‘yinda hakam Xesus Xil Mansanoning 99-daqiqada ko‘rsatgan qizil kartochkasi uchun diskvalifikasiyaga uchragan edi.

Angliyalik futbolchi hakamga nisbatan "la’nati" so‘zini ishlatgani uchun La Liganing ikkita o‘yiniga diskvalifikasiya qilindi. "Xetafe" yarim himoyachisi Meyson Grinvud va "Rayo Valyekano" himoyachisi Abdul Mo‘min ham bu mavsumda hakamga nisbatan haqoratli so‘z ishlatgani uchun qizil kartochka olgandi.

“Primyeroning barcha hakamlari ingliz tilida gaplashadi. Ammo Bellingem o‘z ohangidagi tajovuzkorligi uchun maydondan chetlatildi.

Madaniy sabablarga ko‘ra ingliz futbolidagi hakamlar bunday tilga toqat qilishlari mumkin.

Bu iborani ishlatish qizil kartochkaga tenglashtirilmasligi kerak. Vaziyat kontekstiga, qo‘llanilayotgan ohangga qarab, hakamga qaror qabul qilishiga imkon berish kerak. Odamlarning aytishicha, maydonda o‘yinchilarning yurak urishi daqiqasiga 150 zarbaga yetadi, aytilayotgan so‘zlar ham tabiiy”, - dedi sobiq hakam.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati