Attestasiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida o‘tkaziladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 13:52
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirining buyrug‘i bilan pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan pedagog kadrlar uchun attestasiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida o‘tkazilishi belgilandi.

Majburiy va navbatdan tashqari attestasiyadan o‘tish uchun pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan barcha pedagog kadrlarning bilim darajalari test sinovlari orqali aniqlanadi.

Test jarayonlari amaldagi Nizomning 36 bandiga muvofiq joriy yilning mart-may oylarida o‘tkaziladi.

Test kunlari to‘g‘risida qo‘shimcha vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda pedagog.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonida pedagog tomonidan qoldirilgan telefon raqamga SMS-xabarnoma yuboriladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati