Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishda yangi qadam tashlanadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 13:50
Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari Turkiyaning “Ardent Plastic” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Unda O‘zbekistonda suv tejovchi texnologiyalarni keng qamrovda joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Aytish kerak, “Ardent Plastic” kompaniyasi 1979-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bir necha yillardan buyon O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelmoqda.

Asosiy yo‘nalishi yomg‘irlatib hamda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini ishlab chiqarishni tashkil etadigan ushbu kompaniya joriy yilda ishlab chiqarish tarmog‘ini kengaytirish orqali O‘zbekistonga qo‘shimcha investisiya kiritish niyati borligini ma’lum qildi.

Vazirlik mas’ullari suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bugungi kundagi eng aktual mavzu ekanligini ta’kidlab, bu borada hamkorlikka tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati