Qashqadaryoda chigit ekish ishlari davom etmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 13:48
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joriy yil hosili uchun chigit ekish ishlari boshlab yuborildi. Bu yil G‘uzorda 5000 gektar maydonga chigit ekishni rejalashtirgan.

Shu munosabat bilan tumanning “Tohir va Zuhra” fermer xo‘jaligi hududidagi amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda chigit ekishni o‘z vaqtida o‘tkazish va yuqori hosildorlikka erishish yuzasidan mutaxassislar tavsiyalar berildi.

Chunonchi, Chiroqchi tumanida ham chigit ekish mavsumi oldidan shunday seminar tashkil etildi. Unda, yer tekislash, nam saqlash va pushta olish ishlarini samarali tashkil qilish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirini yakunlash, suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish va zarur ozuqalarni vaqtida berish lozimligi ta’kidlandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati