Putin qayta saylanganidan keyin ilk tashrifini Xitoydan boshlaydi — Reuters

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 13:46
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2024 yilning may oyida Xitoyga boradi. Bu haqda manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi.

Rossiya prezidentining Xitoyga ehtimoliy tashrifi haqida ismi sir qolishini istagan manba ma’lum qilgan. Ma’lumotni Reuters agentligining yana to‘rt nafar suhbatdoshi tasdiqlagan. Putinning Xitoyga tashrifi uning mamlakat prezidenti etib qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari bo‘lishi mumkin.

Putinning Xitoyga so‘nggi safari 2023 yilning kuzida bo‘lib o‘tgan. Xitoy rahbari Si Szinpin 2023 yil mart oyida Moskvaga tashrifi chog‘ida Rossiya prezidentini Pekinga taklif qilgandi. Putin Xitoyga tashrifi doirasida “Bir makon, bir yo‘l” forumida nutq so‘zlagan. Safar chog‘ida u ikki davlat teng huquqli, o‘zaro manfaatli hamkorlikka intilayotganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada 15—17 mart kunlari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tgandi. Unda amaldagi rahbar Vladimir Putin ovozlarning 99,76 foizi ko‘rib chiqilgan holatda 87,29 foiz ovoz bilan etakchilik qilgan. Rossiya Markaziy saylov komissiyasi yakuniy natijalarni 21 mart kuni e’lon qilishini ta’kidlagan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati