Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashda haydovchilar mas’uliyatini oshirish

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 13:40
Xorazm viloyati transport boshqarmasi va viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot va korxona haydovchilari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Targ‘ibot tadbirlari davomida viloyat hududida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi har bir transport vositasining yo‘nalishlarga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan, haydovchilarning esa tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bo‘yicha belgilangan me’yorlariga to‘liq amal qilinishini ta’minlash zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, yo‘nalishlarda harakatlanish davomida haydovchilarning yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya etishi, yo‘llarda tartib va intizom bilan harakatlanish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati