O‘zbekiston MDHda eng baxtli mamlakat deb topildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 13:38
O‘zbekiston MDHda eng baxtli mamlakat deb topildi. Bu haqda 20 mart kuni e’lon qilingan World Happiness Report 2024 reytingida qayd etilgan.

Har yili 20 mart kuni nishonlanadigan Xalqaro baxt kuni e’lon qilingan reytingda ketma-ket yettinchi marta birinchi o‘rinni Finlyandiya egalladi. Ikkinchi o‘rinda Daniya bo‘lib, kuchli uchlikni Islandiya yakunlab berdi.

Yuqori o‘ntalikka Shvesiya, Isroil, Niderlandiya, Norvegiya, Lyuksemburg Shveysariya va Avstraliya ham kirdi.

Markaziy Osiyo davlatlaridan:

Turkmaniston ushbu reytingga kiritilmadi.

Reytingda Rossiya 72-o‘rinda, Ukraina 105-o‘rinda qayd etilgan. MDH davlatlaridan Moldova 71-o‘rinda, Armaniston 82-o‘rinda, Ozarbayjon 101-o‘rinda. Belarus ham Turkmaniston kabi ro‘yxatga kiritilmagan.
Afg‘oniston 143-o‘rin bilan reytingda so‘nggi pog‘onadan joy oldi.
Ma’lumot uchun, ushbu reytingni shakllantirishda aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichlari, mamlakatda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi, fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning fuqarolik erkinliklariga rioya etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, mamlakatdagi korrupsiya darajasi hisobga olinadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati