O‘zbekiston va Rossiya ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirmoqchi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 13:20
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi xabar berdi.

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda o‘zaro munosabatlarda to‘plangan ijobiy tajribaga asoslanib, Rossiya universitetlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalasi muhokama qilindi.

“O‘zbekiston–Rossiya ta’lim forumi haqida gapirilarkan, bunday anjumanlar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi”, — deyiladi xabarda.



Shuningdek, Rossiyaning eng yirik ilmiy markazlaridan biri Kurchatov instituti milliy ilmiy markazi bilan loyihalarni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishdi. Qo‘shma ilmiy loyihalar tanlovini tashkil qilish hamda bu maqsadda yangi hamkorlik hujjatini imzolash yuzasidan fikr almashildi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati