Toshkentda 1-sinf o‘quvchisi o‘qituvchi tomonidan kaltaklandi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 42
- Формат: mp4
- Дата релиза: 20-03-2024, 13:02
Poytaxtning Shayxontohur tumanidagi 167-maktabda o‘qituvchi qiz bolani kaltaklab, jismoniy zo‘ravonlik qo‘llagan va pedagogik odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan boshqa harakatlar sodir etgan. U bolalar huquqlari bo‘yicha vakil bilan bog‘lanib, buni ko‘rib chiqishni va o‘qituvchini javobgarlikka tortishni so‘radi.
Bolalar ombudsmanining iltimosiga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi ushbu holatni o‘rganib chiqdi. O‘rganish natijasida murojaatda ko‘rsatilgan holat o‘z tasdig‘ini topdi.
O‘qituvchi bolaga hech qanday bosim o‘tkazmaslik haqida ogohlantirildi. Unga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko‘rildi.
Murojaatchining iltimosiga ko‘ra qiz boshqa sinfga o‘tkazildi.