Moratoriy talablari Sirdaryoga ham tadbiq etiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 13:00
Prezidentning tegishli Farmoniga asosan, 2024 yil 17 yanvardagi PF-14-sonli Farmonga qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, 2024 yil 1 maydan boshlab Sirdaryo daryosi o‘zanidagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilish, shuningdek, noqonuniy qazib olish ishlari natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni kuchaytirish belgilandi. Shuningdek, Sirdaryo daryosining yuvilgan qirg‘oqlarini mustahkamlash, qirg‘oq bo‘yi mintaqasidagi buzilgan yerlarning tabiiy holatini qayta tiklash va reabilitasiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish belgilandi. Demak, umumiy hisobda O‘zbekistonda moratoriyga tushgan daryolar soni 7 taga yetdi. Bular: Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari bo‘lib, 2024 yil 1 maydan boshlab ushbu daryolarning o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olish butunlay to‘xtatiladi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati