Sport sohasiga ajratilayotgan mablag‘lar miqdori ma’lum qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 12:46
Bu, raqamlardagina emas, sifat ko‘rsatkichida o‘z aksini topmoqda. Shaffoflikning ta’minlanishi natijasida korrupsiyaning oldi olinmoqda. Samarali boshqaruv tizimining shakllanishi asnosida aholiga ochiq ma’lumotlar taqdim etib kelinmoqda. Bu esa jamoatchilik nazorati ta’minlanishiga, fuqarolik jamiyatining rivoj topishiga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbarining “Ma’muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun ajratilayotgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har chorakda keng jamoatchilikka taqdim etib borish vazifasi belgilangan.

Xo‘sh, o‘tgan 2023 yil davomida hamda joriy yilning birinchi choragi holatida sport tizimidagi tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash, sport jamoalarining xalqaro va ichki musobaqalarda ishtirok etishi uchun qancha mablag‘ yo‘naltirildi?

– Vatanimiz sharafini xalqaro sport musobaqalarda munosib himoya qilib kelayotgan sportchilar, jamoalar hamisha davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanib kelinadi. Ushbu natijalarni ta’minlashda so‘zsiz sport tizimidagi tashkilotlar va ularda mehnat qilayotgan insonlarning alohida o‘rni bor. Birgina 2023 yil holatini oladigan bo‘lsak, o‘tgan yil davomida sport tizimidagi tashkilotlarga jami 192,4 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Shundan, ish xaqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga 104,1 milliard so‘m, ijtimoiy soliq uchun 21,7 milliard so‘m va boshqa xarajatlarga 66,6 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Ushbu mablag‘lar asosiy faoliyat yo‘nalishlariga, jumladan mamlakatimizda sportni rivojlantirish maqsadlariga va xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga yo‘naltirilganini aytish lozim. 2024 yil uchun ajratiladigan mablag‘lar masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, joriy yilning birinchi choragi uchun davlat byudjetidan 52,6 milliard so‘m mablag‘ mamlakatimizda sportni rivojlantirish va ommalashtirishga yo‘naltirilmoqda, – deydi Sport vazirligi moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i Davron Ubaydullayev.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati