Intellektual mulk himoyasi yanada mustahkamlanadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 24
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 12:42
Qayd etilganidek, mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlariga intellektual faoliyat natijalarini joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyati va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish hamda ularning qo‘shimcha qiymat bilan sotilishini ta’minlashda intellektual mulkni ishonchli huquqiy muhofaza va himoya qilish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, jismoniy va yuridik shaxslarning intellektual faoliyati natijasida yaratilgan mulkning daxlsizligini ta’minlash, jamiyatda huquqbuzarliklarga qarshi toqatsizlik munosabatini shakllantirish hamda fuqarolarning o‘z huquqlarini himoya qilishdan manfaatdorligini ta’minlovchi huquqiy mexanizmlarni qonunchilikda mustahkamlash talab etilmoqda.

–Mazkur qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarini ishonchli himoya qilish mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish, tegishli huquqlarni himoya qilishda tomonlarning manfaatdorligini oshirish belgilanmoqda, – dedi deputat S.G‘iyosov. – Shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarni takomillashtirish, qonunga xilof ravishda foydalanish natijasida yetkazilgan zarar o‘rniga tovon talab qilish tartibini, bunda birinchi navbatda huquq egasining manfaatdorligini oshirishga qaratilgan yangi tartiblarni joriy qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi jismoniy va yuridik shaxslarning intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarini himoya qilish tizimining takomillashtirilishiga, sohadagi huquqbuzarliklar profilaktikasi sifat jihatdan yaxshilanishiga hamda huquqbuzarliklar soni kamayishiga, intellektual mulk himoyasining kuchaytirilishiga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati