Qo‘qon ayeroporti birinchi texnik reysni qabul qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 12:40
Farg‘ona viloyatida "Qo‘qon" ayeroportini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi.

Bugun, 20-mart kuni ertalab ayeroport birinchi texnik parvozni qabul qildi – “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining A320 NEO samolyoti ekipaji Qo‘qon ayeroportiga qo‘ndi.

Viloyat ayeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagi 2000 metrgacha uzaytirildi hamda A320 va ATR72-600 rusumli samolyotlar uchun ikkita to‘xtash joyiga ega perron rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, ayeroportda 100 kishiga mo‘ljallangan 900 kv.m maydonli yangi yo‘lovchi terminali qurildi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining tajribali uchuvchilari tomonidan Toshkent – Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan texnik parvoz ayerodromning samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishga hamda terminalning yo‘lovchilarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatishga to‘liq tayyorligini ko‘rsatdi.

Muntazam parvozlarni 2024-yil 1-apreldan boshlash rejalashtirilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati