Efiopiyadagi bankdan mijozlar 40 mln dollar o‘g‘irladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 46
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 12:38
Efiopiyaning eng yirik tijorat banki hisoblangan Commercial Bank of Ethiopia (CBE) faoliyatidagi uzilishlar natijasida mijozlar o‘z hisobvaraqlaridan mavjud summadan ortiq miqdorda pul yechib oldi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Kredit tashkiloti mutaxassislari tranzaksiyalarni atigi ikki soatdan keyin to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan. Mijozlar 40 million dollardan ortiq mablag‘ni yechib olib, boshqa banklarga o‘tkazgan. Pulning katta qismini nosozlik haqida ma’lumot tarqatgan talabalar olib qo‘ygan.

Ulardan biriga ko‘ra, polisiya universitet shaharchasidagi bankomatlar oldidagi uzun navbatlarni tarqatishga majbur bo‘lgan. Bir nechta universitetlar darhol talabalarni ularga tegishli bo‘lmagan mablag‘larni qaytarishga chaqirgan. CBE prezidenti Abi Sanoning so‘zlariga ko‘ra, bank o‘z ixtiyori bilan pulni qaytarganlarga talab qo‘ymaydi.

Hozirda bank tizimdagi xavfsizlik tekshiruvlari tufayli mijozlarga xizmat ko‘rsatishni vaqtincha to‘xtatgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati