Dunyoning eng baxtli mamlakatlari reytingida O‘zbekiston o‘z o‘rnini 7 pog‘onaga yaxshiladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 42
- Формат: mp4
- Дата релиза: 20-03-2024, 12:22
O‘zbekiston ushbu reytingda 143 davlat orasida 47-pog‘onadan joy oldi. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 49, Qirg‘iziston 75, Tojikiston 88-o‘rindan joy oldi.
Reytingda jami 143 davlat kiritilgan bo‘lib, oxirgi o‘rinda Afg‘oniston qayd etilgan.
2023 yil uchun baxtli mamlakatlar reytingida (World Happiness Report) O‘zbekiston 1 pog‘ona pastlab, 54-o‘rinni egallagan edi.
Hujjatni ishlab chiqishda ekspertlar asosan aholi daromadlari, sog‘liq, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik va korrupsiya darajasi kabi ko‘rsatkichlarni hisobga olgan. Bundan tashqari, reytingda mamlakatda fuqarolik erkinliklari, xavfsizlik va kelajakka ishonch hissi mavjudligi, shuningdek, oilalarning barqarorligi ko‘rsatkichlari ham inobatga olinadi.