• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Dunyoning eng baxtli mamlakatlari reytingida O‘zbekiston o‘z o‘rnini 7 pog‘onaga yaxshiladi

Dunyoning eng baxtli mamlakatlari reytingida O‘zbekiston o‘z o‘rnini 7 pog‘onaga yaxshiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 12:22
Finlyandiya ketma-ket yettinchi marta dunyoning eng baxtli mamlakati deb tan olindi. Reytingda kuchli o‘nlikka Daniya, Islandiya, Shvesiya, Isroil, Niderlandiya, Norvegiya, Lyuksemburg, Shveysariya va Avstraliya kirdi.

O‘zbekiston ushbu reytingda 143 davlat orasida 47-pog‘onadan joy oldi. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 49, Qirg‘iziston 75, Tojikiston 88-o‘rindan joy oldi.

Reytingda jami 143 davlat kiritilgan bo‘lib, oxirgi o‘rinda Afg‘oniston qayd etilgan.

2023 yil uchun baxtli mamlakatlar reytingida (World Happiness Report) O‘zbekiston 1 pog‘ona pastlab, 54-o‘rinni egallagan edi.

Hujjatni ishlab chiqishda ekspertlar asosan aholi daromadlari, sog‘liq, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik va korrupsiya darajasi kabi ko‘rsatkichlarni hisobga olgan. Bundan tashqari, reytingda mamlakatda fuqarolik erkinliklari, xavfsizlik va kelajakka ishonch hissi mavjudligi, shuningdek, oilalarning barqarorligi ko‘rsatkichlari ham inobatga olinadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati