Xavining qarori Barselonaga qanday ta’sir qildi? Levandovski javob berdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 12:08
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Robert Levandovski bosh murabbiy Xavi Ernandesning joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi haqidagi qarori haqida fikr bildirdi.

"Uning qarori jamoa uchun qo‘shimcha mas’uliyatni tug‘dirdi. Endi biz yaxshiroq va samaraliroq bo‘lishga e’tibor qaratmoqdamiz. Jamoa Xavining qarori haqida o‘ylamaydi. Biz hozir uning qo‘l ostida o‘ynayapmiz va g‘alaba qozonishni istaymiz", - deb yozadi Sport.es polshalik futbolchining so‘zlarini.

Xavi o‘z qarorini yanvar oyida "Vilyarreal"dan uchralgan 3:5 hisobidagi og‘ir mag‘lubiyatdan so‘ng e’lon qilgan edi. Ispaniya chempionatida "ko‘k-anorranglilar" ikkinchi o‘rinda, Chempionlar ligasida esa chorak finalga qadar etib borishdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati