Kanadadagi masjidga islomofobik rasmlar yuborildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 11:46
Kanadaning Monreal shahridagi masjidlardan biriga pochta orqali islomofobik rasmlar yuborildi, ulardan birida o‘lim tahdidi bor edi, deya xabar bermoqda Middle East Monitor.

“Bu suratlar nafrat va irqchilikka to‘la”, – deydi Musulmonlari Milliy Kengashi (NCCM) huquqshunosi Yaser Laxlu.

Tasvirlardan birida cho‘chqa va salla o‘ralgan odam Makkaga qaragan odobsiz manzara tasvirlangan. Har uchala chizmada masjid aylana ichiga olinib, alohida ko‘rsatib qo‘yilgan.

Rasmlar musulmonlar ro‘za tutib, masjidlarga tashrifi ortib borayotgan Ramazon oyi boshlanishi munosabati bilan yuborilgan. NCCM huquq-tartibot idoralari va hukumatni musulmonlarni himoya qilish hamda mamlakatda islomofobiya kuchayishini to‘xtatish uchun chora ko‘rishga chaqirdi.

Yanvar oyi oxirida Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo mamlakatda islomofobiya holatlari ortib borayotganidan xavotir bildirgani haqida xabar bergan edik. Hukumat rahbari mavjud vaziyatni nomaqbul deb atab, mamlakat fuqarolari “o‘z uylarida, mahallalarida va ibodat joylarida o‘zlarini xavfsiz his qilishlari” uchun barcha zarur sa’y-harakatlarni amalga oshirishiga ishonch bildirgandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati