Taniqli reper Islomni qabul qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 11:38
Dunyoga mashhur amerikalik reper va “janr otasi” Jonatan Smit (Lil Jon) Kaliforniyadagi Qirol Fahd masjidida arab va ingliz tillarida shahodat aytib, Islomni qabul qildi.

Qo‘shiqchining masjid imomi ortidan shahodat kalimasini aytayotgani aks etgan videoga ijtimoiy tarmoqlarda turlicha munosabat bildirildi, biroq obunachilarining aksariyati uni qo‘llab-quvvatladi.

Jon Ramazon oyining birinchi haftasida amerikalik yozuvchi va faol Shon Kingdan keyin Islomni qabul qilgan ikkinchi taniqli amerikalik bo‘ldi. Shunday qilib, u Islomni qabul qilgan Klarens Zeedorf, Endryu Teyt, Kevin Li, Jervont Devis, Tomas Parti kabi mashhurlar safidan o‘rin oldi.

Lil Jon mashhur " Lil Jon & the East Side Boyz" guruhining frontmeni edi, uning videolari o‘nlab va yuzlab mln marta tomosha to‘plagan. Bundan tashqari, Lil Jon janrning ommalashuviga o‘z hissalarini qo‘shgan Pitbull, Bay Area, Too Short, E-40 va boshqa san’atkorlarning qaydlariga prodyuserlik ham qilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati