Nematillo Quttiboyev: Aral jamoasi barcha raqiblarga qarshi hujumkor futbol ko‘rsatadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 11:34
Pro-liganing 2-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Aral" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- "Mash’al" jamoasini g‘alaba bilan tabriklaymiz. Qiziqarli o‘yin guvohiga aylandik. Birinchi bo‘limda markaziy himoyachilarimiz xatosidan keyin raqiblar gol urib ketishdi. Ikkinchi bo‘limda ustunlik biz tomonga o‘tgandek ko‘rindi, vaziyatlar yaratdik. Biroq, hujumlar yakunida gol yuzaga kelmadi. Keyingi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Ikki futbolchimiz jarohat oldi. Damir Nizanov va yana bir hujumchimizning jarohati sabab zaxiradan yangi kuchlarni maydonga tushirdik. Lekin zaxiradan qo‘shilgan futbolchilar kutilganidek harakat qila olishmadi.

Maqsadimiz har bir o‘yinda g‘alaba qozonish. Uydami, safardami, barcha uchrashuvlarda faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Oldimizda katta maqsadlar bor, shu maqsadlar amalga oshishi uchun harakat qilamiz.

"Aral" jamoasi "Mash’al", "Qo‘qon-1912", "Buxoro" va chempionatdagi boshqa jamoalar bilan ham hujumkor o‘yin ko‘rsatishni maqsad qilgan. Himoyaviy o‘yin bizning uslubimiz emas. Keyingi uchrashuvlarda ham shunday hujumkor o‘yin namoyish etishni maqsad qilganmiz", - dedi Quttiboyev.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati