Asror Aliqulov: So‘nggi daqiqalargacha bosim ostida o‘ynadik

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 11:32
Pro liganing 2-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Aral" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- "Bu bizning mavsumdagi birinchi g‘alabamiz. O‘tgan turda ko‘rdinglar, durang natija qayd etgandik. Bugun birinchi g‘alabamizga erishdik. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalargacha bosim ostida o‘ynadik. "Aral" jamoasidan shunaqa o‘yin kutgandik, shundan kelib chiqib tayyorgarlik ko‘rgandik. Barcha vaziyatlardan ham foydalana olmadik. Jamoamiz azolariri va muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman.

Barcha futbolchilarga imkoniyat berishga harakat qilamiz. Tarkibda raqobat bo‘lishi kerak. Murabbiylar shtabi bilan ko‘rib chiqib, o‘yinga to‘liq tayyor bo‘lgan futbolchilarni maydonga tushiramiz.

Xumoyun Murtozayevni keyingi o‘yinga asrab qo‘yib rejamiz ham bor edi. Shuningdek, hujumda himoyachilarga bosim o‘tkazishni kuchaytirish maqsadida ham zaxiradan boshqa hujumchi tushirib, Murtozayevni almashtirdik. Aytib o‘tganimdek, "Aral" jamoasi so‘ngi daqiqalargacha bizni bosim ostida ushlab tura oldi", - dedi Aliqulov.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati