Top-5'da yana bir vakilimiz paydo bo‘ladi. Lazizbek Mirzayev faoliyatini Ispaniyada davom ettiradigan bo‘lmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 11:30
Toshkentning "Lokomotiv" va O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Lazizbek Mirzayev faoliyatini Ispaniyaning "Leganes" klubida davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Vanya Karpov o‘z telegram-kanalida xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mirzayev hozirda Ispaniyada bo‘lib turibdi. U yaqin orada yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, barchasi muvaffaqiyatli yakunlansa, u klub a’zosiga aylanadi.

Ma’lumot uchun, "Leganes" hozirda Segundada 2 da 31 o‘yindan so‘ng 56 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinda bormoqda. Klub katta ehtimol bilan kelasi mavsum La Ligada ishtirok etadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati