Nukusdagi harbiy qismlarga yangi harbiy texnikalar topshirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 10:48
Nukus garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birining jangovar va harbiy texnikalarni saqlash parkida Mudofaa vazirligi tomonidan xarid qilingan yangi harbiy texnikalarni tantanali tarzda foydalanishga topshirish marosimi o‘tkazildi.

Marosimda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Farhodjon Shermatov hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Tadbirda nutq so‘zlaganlar bugungi kunda Yangi O‘zbekiston armiyamisiga bo‘lgan e’tibor tufayli ko‘plab harbiy va jangovar texnikalarni yangilash, bo‘linmalarni zamonaviy qurol-aslahalar bilan butlash ishlari amalga oshirilganini e’tirof etdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur texnikalar Samarqandda «KAMAZ» rusumli avtoulovlarni yig‘ishga mo‘ljallangan «UzAvto Trailer» MCHJning 2019 yildan faoliyatini boshlagan ishlab chiqarish liniyasida yig‘ilgan. Ushbu texnika mamlakatimizning shimoliy sarhadlari tabiati, relyefi hamda iqlimi uchun juda mos bo‘lib, qumli cho‘l sharoitida yo‘ltanlamas sifatida o‘zini namoyon eta olgan. 11 tonnadan ortiq yuk ko‘tarishi va turli notekis yo‘llardan ravon harakatlana olishi avtomobilning harbiy soha uchun kerakli texnika sifatida baholanadi.

Harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni harbiy texnikalarni qabul qilgan harbiy xizmatchilarga tantanali tarzda kalitlarni topshirib, ularni esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

Texnikalarni foydalanishga qabul qilgan haydovchilar tarkibidagi harbiy xizmatchilar ushbu yuk avtomobillarini jangovar shay va soz holatda ushlab turishga, ularga o‘z vaqtida texnik xizmatlar ko‘rsatishga va’da berdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati