Buxorodagi YTH qurbonlari soni yana bir kishiga ortdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 10:38
Kogon tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida shifoxonaga yotqizilgan, avtobusda bo‘lgan yo‘lovchilardan biri ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan joriy yil 19 mart kuni vafot etgan.

Internet ijtimoiy tarmoqlarida yo‘l-transport hodisasi natijasida avtobus haydovchisi ham shifoxonada vafot etganligi haqidagi asossiz xabarlar tarqalmoqda.

Avtobus haydovchisi tan jarohati bilan Buxoro shahar Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan bo‘lib, ayni kunlarda unga tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Internet ijtimoiy tarmoqlaridagi turli sahifalar egalaridan asossiz, yolg‘on ma’lumotni tarqatmasliklarini so‘raymiz.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati