Jizzaxda duduqlangan bolani qo‘rqitish usulida davolashga uringan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 38
- Формат: mp4
- Дата релиза: 20-03-2024, 10:36
Qayd etilishicha, bolalar ombudsmani D.J.ning ish uslubiga ilmiy va kasbiy baho berish uchun kiritgan so‘rovi asosida malakali defektolog va logopedlardan iborat ishchi guruh o‘tkazgan o‘rganish natijasida, pedagog D.J.ning ish usuli mutlaqo ilmiy asoslanmagan, murakkab duduqlanish muammosiga tor va ibtidoiy yondashuvda ekani, D.J.ning duduqlanishni bartaraf etishda qo‘llayotgan ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik usullari bolalarning sog‘lig‘i va tarbiyasiga jiddiy zarar keltirishi hamda pedagogika qoidalariga butunlay zidligi to‘g‘risida xulosa berilgan.
Yunusobod tumani IIO tergov bo‘limi olib borgan tergovga qadar tekshiruv materiallari Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan nazorat doirasida o‘rganilib, ekspertlar ishchi guruhi xulosasi va aniqlangan boshqa holatlar asosida, D.J.ning harakatlarida aldash va odamlarni ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini va uning mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritishda ifodalangan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlangan va joriy yilning 27 fevral kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Yunusobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.