Bahorgi allergiya qanday belgilar bilan namoyon bo‘ladi?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 50
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 10:28
Yurtimizda Navro‘zi olam shukuhi... Tabiat uyg‘onib, yon-atrof yashillikka burkanmoqda. Dov-daraxtlar kurtak yozib, gulga kiryapti. Biroq ko‘klamning bunday ajoyib pallalari ayrim insonlar uchun sinov davri.

Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Ilmira Razikova bilan mavsumiy allergiya, jumladan, pollinoz kasalligi xususida suhbatlashdik.

— Daraxtlar gullashi, o‘simliklardan ajraladigan chang zarralari immun tizimi zaif kishilarda allergiyaga moyillikni yuzaga keltirishi mumkin, — deydi mutaxassis.

— Mavsumiy allergiya asosan 20 mikrometrdan 50 mikrometrgacha bo‘lgan o‘simlik changchalari tufayli paydo bo‘ladi va tibbiyotda pollinoz deb ataladi. U acocan burun shilliq pardalari, yuqori nafac yo‘llari hamda ko‘z kon’yunktivaciga ta’cir ko‘rcatadi.

Bu turdagi xastalikni uch davrga bo‘lish mumkin.

Ilk bosqich mart oyi boshidan may oyi o‘rtasigacha davom etadi. Ya’ni daraxtlar gullagan paytda bemorlarda xastalik qo‘zg‘aladi. Ikkinchi bosqich may oyidan iyul oxiri va avgust boshigacha kuzatiladi. Bu mavsumda dala o‘tlari gullaydi. Uchinchi bosqich boshoqli o‘simliklar gulga kirishi bilan bog‘liq bo‘lib, u avgust oyidan noyabrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Bahor oylarida chinor, sarv, qayin, ema, qayrag‘och, tol, qarag‘ay, qora terak, shumtol kabi daraxtlarning gullashi ba’zi kishilarda allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi.
Qolaversa, bu faslda havoda tarqalgan gulchanglar, chang va mog‘or miqdori ortishi kuzatiladi. Oqibatda aksirish, burun bitishi va qichishishi yoki ko‘p miqdorda oqishi, ko‘zlarning shishishi, yoshlanishi va ba’zan yo‘tal kabi alomatlar bilan bahorgi allergiya belgilari namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, teri ko‘chishi, qichishish, quruqlashish, qizarish va undagi qizg‘ish toshmalar ham xastalikka xos simptomlardir.
Bunday vaziyatda, albatta, allergolog mutaxassisga murojaat qilish lozim. Chunki o‘zboshimchalik bilan davolanish allergiyani kuchaytirish yoki boshqa kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati