Toshkent viloyatida 7 yoshli qiz ammasi tomonidan urib o‘ldirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 09:58
Joriy yilning 12 mart kuni soat 01:00 da N.A. (ayol) akasi T.A. (erkak) uning qaromig‘iga ishonib topshirib ketgan voyaga yetmagan qizi 2017 yilda tug‘ilgan A.CH.ni (qiz bola) dars tayyorlamaganligi va yolg‘on gapirganligini vaj qilib, o‘zini CH.A.ni mazkur xatti-harakatlari uchun go‘yoki jazolayotgandek ko‘rsatib, o‘ta shavqatsizlik bilan CH.A.ni tanasining turli joylaridan qo‘llari bilan chimchilab, tanasining boshqa joylariga qo‘llari va yog‘och bo‘lagi bilan urib tan jaroxati yetkazgan. Bu haqda UzNews.uz Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga tayanib xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan 2024 yil 12 mart kuni Bo‘ka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan JKning 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 2024 yil 13 mart kuni N.A.ga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

"Joriy yil 15 mart kuni tuman markaziy tibbiy birlashmasida voyaga yetmagan CH.A. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati