Texas shtatiga migrantlarni hibsga olish va qamashga ruxsat berildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 09:52
AQSh Oliy sudi Texas hukumatiga yaqinda qabul qilingan eng qattiq immigrasiya qonunlaridan birini amalga oshirishga ruxsat berdi. Bu polisiyaga Meksika chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda gumon qilingan shaxslarni hibsga olish va jinoiy javobgarlikka tortish imkonini beradi.

Oq uy qonunni konstitusiyaga zid deb atagan. AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tish federal jinoyat hisoblanadi, ammo bunday ishlar odatda fuqarolik qonunchiligiga binoan immigrasiya sudlarida ko‘riladi.

Texasda SB4 qonunining bahsli bo‘lishining sabablaridan biri shundaki, sudlar avvalroq alohida shtatlar emas, balki faqat federal hukumat immigrasiya qonunlarini qo‘llashi mumkin, degan qarorga kelgan.

SB4 mahalliy polisiyaga chegarani noqonuniy kesib o‘tishda gumon qilingan har qanday odamni to‘xtatish va hibsga olish vakolatini beradi. Jazolar orasida qamoq yoki 2000 dollargacha jarima ham bor.

AQShdan deportasiya qilinganidan keyin Texasga noqonuniy ravishda kirganlar uchun jazolar ancha qattiqroq bo‘ladi. Xususan, shaxsning immigrasiya tarixi va jinoiy kelib chiqishiga qarab 20 yilgacha qamoq jazosi ko‘zda tutilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati