Yunusobodda BMW beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 09:34
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 20 mart kuni soat 03:00 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasi 7-sonli shahar klinik shifoxonasi qarshisida BMW rusumli avtomashinasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan va ag‘darilib ketgan.

Yo‘l-transport hodisa natijasida avtoulov haydovchisi va yo‘lovchisi tan jarohati olgani sabab shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, — deyiladi xabarda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati