Buxoroda qalbaki kupyuralar ishlab chiqargan yigitlarga sud hukmi o‘qildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 38
- Формат: mp4
- Дата релиза: 20-03-2024, 09:32
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi yigitlar 2023 yilning iyun oyida 100 va 200 ming so‘mlik kupyuralarni o‘z xonadonida qalbakilashtirib, muomalaga kiritishga uringan.
Jinoiy guruh 19 dona 100 ming so‘mlik jami 1 million 900 ming so‘m pul kupyuralari, 49 dona A4 formatidagi qog‘ozlarda 98 dona qiymati 100 ming so‘mlik jami 9 million 800 so‘m pul kupyuralarini printer yordamida qalbakilashtirgani aniqlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudida mazkur jinoyatni sodir etgan 20-21 yoshli yigitlarga sud hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 59-(bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61-moddalari (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.