Buxoroda qalbaki kupyuralar ishlab chiqargan yigitlarga sud hukmi o‘qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 09:32
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida jinoiy guruh qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralar ishlab chiqarib kelgani aniqlangan edi. “Bu kun” informasion dasturiga tayanib "Daryo"ning ma’lum qilinishicha, ushbu shaxslarga nisbatan sud hukmi e’lon qilingan.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi yigitlar 2023 yilning iyun oyida 100 va 200 ming so‘mlik kupyuralarni o‘z xonadonida qalbakilashtirib, muomalaga kiritishga uringan.

Jinoiy guruh 19 dona 100 ming so‘mlik jami 1 million 900 ming so‘m pul kupyuralari, 49 dona A4 formatidagi qog‘ozlarda 98 dona qiymati 100 ming so‘mlik jami 9 million 800 so‘m pul kupyuralarini printer yordamida qalbakilashtirgani aniqlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudida mazkur jinoyatni sodir etgan 20-21 yoshli yigitlarga sud hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 59-(bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61-moddalari (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati