“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 09:30
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-135-son, 19.03.2024 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Vengriya Hukumati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Bitim 2023 yil 19 avgust kuni Budapesht shahrida imzolangan.

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati