• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • 2017-2023 yillar oralig‘ida O‘zbekistonda yo‘lovchilarni tashish sohasida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?

2017-2023 yillar oralig‘ida O‘zbekistonda yo‘lovchilarni tashish sohasida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 38
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 09:14
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari 2017-2023 yillar oralig‘ida O‘zbekistonda yo‘lovchilarni tashish sohasida ro‘y bergan o‘zgarishlarni tahlil qildi.

Tahlil 2017-2023 yillar oralig‘ida mamlakatimizda yo‘lovchilarni tashish va yo‘lovchi aylanmasida sezilarli o‘sish bo‘lganligini ko‘rsatdi. Xususan, 2017-yilda barcha transport vositalari orqali 5 679,0 mln. kishi o‘z manziliga yetkazilgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich salkam 6 452,0 mln. kishini tashkil etdi. Yo‘lovchi aylanmasi esa 130,0 mlrd. yo‘lovchi-km dan 152,7 mlrd. yo‘lovchi-km ga oshgan.

2023-yilda yo‘lovchi tashishda avtomobil transportining ulushi 97,2 foizni tashkil qilgan. Agar 2017-yilda 5 591,3 mln. kishi manzilga yetkazilgan bo‘lsa, 2023-yilda ularning soni 6 270,2 mln. kishini tashkil qilgan. Avtomobil transportida yo‘lovchi aylanmasi mos ravishda ortib, 117,7 mlrd. yo‘lovchi-km dan 133,8 mlrd. yo‘lovchi-km ga yetgan.

2017-2023 yillarda metropolitendan foydalangan yo‘lovchilar soni 2,6 marotaba oshgan va 61,6 mln. kishidan 162,7 mln. kishiga yetgan. Mutanosib ravishda yo‘lovchi aylanmasi ham 459,1 mln. yo‘lovchi-km dan 1 186,4 mln. yo‘lovchi-km ga ko‘paygan.

Havo transporti vositasida tashilgan yo‘lovchilar ham mazkur davr mobaynida 2,4 barobar oshgan va 2,2 mln. kishidan 5,3 mln. kishiga yetgan. Yo‘lovchi aylanmasi 7,5 mlrd. yo‘lovchi-km dan 13,8 mlrd. yo‘lovchi-km ga ortgan.

Transport xizmatlari bozori va infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida "O‘zbekiston - 2030" strategiyasida bir qator tadbirlar belgilangan. Jumladan: - yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlari hajmini 3 barobar oshirish; - aviaqatnovlar sonini 4 barobarga oshirish; - shahar va tumanlarni jamoat transporti bilan to‘liq qamrab olish, yangi avtobuslar sonini 5 mingtaga va elektrobuslar sonini 2 mingtaga yetkazish.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati