Liverpul futbolchisi PSJning asosiy maqsadiga aylandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 08:22
Parij klubi o‘zini "Liverpul" hujumchisi Luis Dias bilan kuchaytirishga harakat qilmoqda. Parijliklar kolumbiyalikka qiziqishi haqidagi mish-mishlar o‘tgan haftada paydo bo‘lgan edi.

Jurnalist Santi Aunaning yangilangan xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi yaqinlashib kelayotgan transfer oynasi uchun "PSJ"ning asosiy maqsadi bo‘lib chiqdi. Klubning qatarlik egalari qimmat futbolchi bilan shartnoma imzolashni rasmiylashtirishga ahd qilgan.

Luis Dias joriy mavsumda “Liverpul” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati