Maynu Angliya terma jamoasiga ilk chaqiruvi haqida fikr bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 07:18
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynu Angliyaning asosiy terma jamoasiga ilk taklifidan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. 18 yoshli futbolchi mart oyidagi o‘yinlar uchun "Uch sherlar" tarkibiga kiritilgani seshanba kuni ma’lum bo‘ldi.

“Garet Sautgeytning yordamchisi Stiv Xollanddan xabar olganimda men yoshlar jamoasida edim. Shundan so‘ng uchrashdik va u menga asosiy jamoaga chaqirilganimni aytdi. Nima bo‘lganini tushunish uchun biroz vaqt kerak bo‘ldi, lekin men juda hayajondaman. Mening butun oilam hozir juda xursand", - deya Maynu so‘zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.

Angliya terma jamoasi Braziliya (23 mart) va Belgiya (26 mart) bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati