Uzoq yashash sharti ma’lum qilindi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 71
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 07:06
Olima uqtirishicha, kishi uyda yoki toza havoda muntazam sport bilan shug‘ullanishi, gimnastika mashqlarini bajarishi kerak.

– Bunday mashqlar inson organizmidagi to‘qimalar ishini, modda almashinuvini yaxshilovchi turli kimyoviy aralashuv jarayonini tezlashtiradi, – deydi mutaxassis. – Jismoniy yuklama suyakni mustahkamlaydi. Bu keksalikning oxirgi davrigacha faollik saqlanib qolishini ta’minlaydi.

Ekspert fikricha, uzoq va sog‘lom hayotga yetaklovchi yana bir muhim omil to‘g‘ri ovqatlanish. Uzoq yashovchilarning asosiy parhez taomi loviya, turli xil dukkakli o‘simliklar, meva, sabzavot, o‘t va urug‘ tashkil etadi. Ko‘p umr ko‘rish uchun uyqu tartibiga ham amal qilish zarur. Ya’ni, bir kunda yetti-to‘qqiz soat uxlash, doimiy uyqu va uyg‘oqlik jadvaliga amal qilish lozim.

Zero, so‘nggi tadqiqot bir vaqtda uyquga ketish va uyg‘onish organizmga sakkiz soatlik uyqudan ko‘ra ko‘proq foyda berishini isbotlagan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati