Masjidlarda yuqumli kasalliklarga qarshi dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 42
- Формат: mp4
- Дата релиза: 20-03-2024, 06:56
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo‘limi dezinfektor xodimlari tomonidan tumanda joylashgan "Oq uy", "Al-badr", "Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja" jome masjidlarida kasalliklarga qarshi dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati xabarida qayd etilishicha, dezinfeksiya jarayonida infeksiyalarning har qanday o‘chog‘ini va ularning oqibatlarini yo‘q qilish uchun to‘liq harakatlar amalga oshirildi. Dezinfeksiya paytida mutaxassislar tomonidan barcha sirtlarga, mebellarga, kirish yo‘laklariga, tahoratxonalarga, qo‘l yuvish xonalariga va hojatxonalarga professional kimyoviy moddalar bilan ishlov berildi.
Qayd etish joizki, ushbu kimyoviy moddalar odamlar va hayvonlar uchun mutlaqo zararsiz. Ammo shunga qaramay, ular har qanday joyda infeksiyani yo‘q qilish vazifasini osonlikcha yengadi.