O‘zbek tili sinonimlarining o‘quv lug‘ati yaratildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 06:54
Ushbu kitob mazkur universitet professori Hamidulla Dadaboyev, dosent Manzura Abjalova va SamDU dosenti Umida Rashidova hammuallifligida nashr etilgan.

Ushbu lug‘at o‘zbek tilidagi 2500 ga yaqin sinonimik qatorlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda aralash turdagi (leksik, derivativ, juft, takror birliklar), frazeologik va grammatik (affiksal, morfem-leksik, sintaktik) ma’nodosh birliklarning izohi, turkumi, to‘liq, qisman sinonimligi, sinonimik qatorning tarixiy shakllari, uslubiy xoslanishi kabi ma’lumotlar berilgan.

Lug‘atda, shuningdek, sinonimlar masalasida qilingan tadqiqot ishlarining bibliografiyasi ham ko‘rsatilgan.

Taqdimot tadbirida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori Odinaxon Jamoliddinova, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov va boshqalar lug‘atning tuzilishi, qamrovi va shu turdagi boshqa lug‘atlardan farqli jihatlari haqida so‘zladi.

Ushbu lug‘at nainki ta’lim tizimining barcha bosqichlari uchun, balki tarjimonlar, tadqiqotchilar va o‘zbek tilini o‘rganuvchilar uchun ham juda qimmatli leksikografik manba ekani ta’kidlandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati